ZEEKR SEA-M yangi arxitekturasi avtonom transport kelajagini tobora yaqinlashtirmoqda

November 17th, 2022 - ZEEKR

2022-yil 17-noyabr, Xanchjou. Butun dunyo bo‘ylab sayohat qilishning xavfsiz, oson va muammosiz yo‘lini afzal ko‘radigan haydovchilar uchun xushxabar – kelajakning o‘zi boshqariladigan harakatchan avtomobillari endi haqiqatga aylandi, chunki Geely Holding guruhining premium elektr avtomobil brendi ZEEKR chorshanba kuni SEA-M arxitekturasini namoyish etdi.

Mobil kelajak

ZEEKR transport vositalarining kelajagini aqlli, do'stona, ishonchli va moslashuvchan deb biladi, chunki kelajakning ilg'or avtonom tizimi odamlarni o'zlari xohlagan joyga xavfsiz va qiyinchiliksiz olib borishni ta’minlaydi.

Yangi transport vositalari avtomobillar haqidagi zamonaviy tushunchani kengaytirish imkoniyatini beradi. Bu ish uchrashuvlari uchun mobil ofislar, do‘stlar bilan uchrashish joylari, bolalar uchun o‘yin zonalari mavjud shinam oilaviy makonlar yoki hordiq chiqarish uchun dam olish maskaningiz bo'lib xizmat qilishi mumkin.

SEA-M

"SEA-M – bu ZEEKR’dan mobillik uchun yuqori texnologik yechim bo‘lib, u avtonom haydash va birgalikda safarlarni amalga oshirish servislarining global texnologiyalarini ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan. Bu nou-xau kompaniyaga quyidagilarni yaratishda yordam beradi:

● Robotlashtirilgan taksi;

● Logistika va yuj tashishlar uchun avtomatlashtirilgan transport vositalari;

● Ko‘p maqsadli avtonom transport vositalari.

Yangi yechim avtomobillarni ishlab chiqish prinsipini butunlay o‘zgartiradi. Agar avval barchasi “haydovchi atrofida” tashkil etilgan bo‘lsa, endi asosiy e’tibor yo‘lovchilarga qaratiladi, chunki avtonom transport vositalariga hattoki rul ham kerak bo‘lmaydi. Endi dizaynerlar salon transformatsiyining betakror imkoniyatlari, o‘rta ustunning yo‘qligi, o‘rindiqlarni turi va joylashtirish joyini tanlash imkoniyati, hamda, avtonom haydashni qo‘llab-quvvatlaydigan va qo’shimcha qurilmalarni ulashning keng imkoniyatlarini ta’minlaydigan ishonchli elektron arxitekturadan foydalangan holda intellektual mobil “mehmonxona”ni yaratishlari mumkin.

SEA-M arxitekturasi, yassi pol va o‘zgaruvchan g‘ildiraklar hisobiga, maksimal darajada ichki qismini kengaytirish imkoniyatini beradi. Uning takomillashtirilgan asosi ko‘p funksional ekranlarning faoliyatini ta'minlagan holda, ular foydalanuvchilarga multimedia imkoniyatlaridan to‘liq ravishda foydalanishlarini ta’minlaydi.

SEA-M arxitekturasiga asoslangan avtomobillarning yuqori darajali xavfsizlik darajasi besh yulduzli jahon standartlariga, va shuningdek, amerikalik xavfsizlik standartiga mos keladi.

ZEEKR X Waymo

2021-yilning noyabr oyida Los-Anjelesdagi taqdimotda ilk marotaba namoyish etilgan Waymo kompaniyasining robotaksisi SEA-M platformasida ishlab chiqilgan ilk avtomobil bo‘ldi. Zeekr M-Vision modeli kapsulali dizayni va bir jift ikki yoqqa ochiladigan eshiklari bilan farq qilib, ular 1,4 metr kengligidagi salonga kirish joyini ochib beradi. ZEEKR va Waymo birgalikda SEA-M’ning maxsus TaaS variantini ishlab chiqdi (Tech-as-a-Service yoki “Servis kabi texnologiya”). Yaqin orada robotaksi Waymo One birgalikda safarlar xizmati parkida qo‘llaniladi.

Iqtibos

ZEEKR bosh direktori Endi An, ZEEKR’ning SEA-M taqdimoti brendning texnologik jihatdan kuchli tomonlari va salohiyatini namoyish etdi. SEA-M uchun hamkorlarning ma'qullanishi, shuningdek, ZEEKR’ning har bir ishlab chiqishni foydalanuvchining ehtiyojlariga mos ravishda sozlash qobiliyatini ham aks ettirdi. Kelgusida ZEEKR barcha uchun yaxshiroq va yanada barqaror intellektual mobillikni qo‘llab-quvvatlash uchun yirik xalqaro hamkorlar bilan ishlashda davom etadi.