ZEEKR kelajakning barqaror rivojlanishi uchun 750 million AQSh dollarini jalb qilmoqda

February 13th, 2023 - ZEEKR

ZEEKR Intelligent Technology, yuqori sifatli elektr avtomobil brendi yetakchi sanoat hamkorlari, jumladan professor Amnon Shashua, Contemporary Amperex Technology Ltd (CATL), Yuexiu sanoat fondi, Tongshang fondi va Xinyan intellektual ishlab chiqarish fondi bilan investitsiya kiritish bo‘yicha shartnoma tuzib, ushbu mablag‘lar texnologik tadqiqotlarni davom ettirish va ZEEKR brendining global kengayishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Beshta investor A seriyasini moliyalashtirish maqsadida pul mablag‘larini sarmoya qilishga qaror qildi, shunday qilib bu miqdor 750 million AQSh dollarini tashkil qiladi. Natijada ZEEKR brendining qiymati 13 milliard AQSH dollariga baholanadi.

Ushbu muvaffaqiyatlar ZEEKR’ga yuqori ishonchdan dalolat beradi, chunki brend xavfsizlik, barqaror rivojlanish tamoyillari, foydalanuvchi tajribasi va mobil xizmatlarni takomillashtirishga asoslangan o‘z texnologiyalarini faol rivojlantirmoqda. Mablag'lar global savdo tarmog'ini o'rganish va rivojlantirishga yo'naltiriladi.

Ushbu moliyalashtirish bosqichi Geely Holding Group’ning chiqindilarning nol darajali chiqish tamoyilini va yangi mobillik texnologiyalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida elektrlashtirishga tezlashtirilgan o‘tishining bir qismi sifatida amalga oshiriladi.

ZEEKR HAQIDA

ZEEKR - Geely Holding Group kompaniyasining global premium darajali elektr avtomobil brendidir. ZEEKR standart sifatida innovatsiyalar bilan to'liq integratsiyalangan foydalanuvchi ekotizimini yaratishga intiladi. Brend barqaror rivojlanish arxitekturasidan (SEA) foydalanadi va xususiy akkumulyator texnologiyalari, batareyalarni boshqarish tizimlari, elektr motor texnologiyalari va elektr transport vositalarini yetkazib berish zanjirini o'z ichiga oladi.

ZEEKR TARIXI:

ZEEKR brendi o‘zining birinchi mahsuloti ZEEKR 001’ni 2021-yil oktabr oyida sotuvga chiqardi va 2023-yil yanvar oyida ZEEKR 009 MPV yetkazib berishni boshladi. Bugungi kunga qadar brend 200 000 dan ortiq avtomobillarni yetkazib bergan.

ZEEKR brendi kelgusi 5 yil ichida jadal rivojlanayotgan global elektromobillar sanoatining ehtiyojlariga javob bera olishi uchun ulkan rivojlanish rejasiga ega.