Toshkent/ O‘zbekiston, 2024-yil, 18-mart – “Zeekr” premium toifadagi intellektual elektromobillar brendi O‘zbekiston bozoriga rasman kirib kelishi haqida e'lon qildi. Tegishli qaror haqida “Zeekr Intelligent Technology” kompaniyasi va “Zeekr”ning O‘zbekistondagi eksklyuziv distribyutori – “Evolux Auto” kompaniyasi o‘rtasida shartnoma imzolanishi marosimida e'lon qilindi.
Kompaniya iste'molchilarni yuqori texnologik elektromobillar, butlovchi qismlar va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish kompleksi bilan ta'minlashni rejalashtirgan. 2024-yil yoziga borib, Tashkent City amaliy markazi hududida “Zeekr Space” flagman shou-rumining ochilishi bo‘ladi, u elektromobillarga xizmat ko‘rsatishni “Zeekr”ning dunyo standartlariga muvofiq, yangi sifat bosqichiga olib chiqadi.
O‘zbekistonda “Zeekr” o‘zining eng ommabop modellari: afsonaviy Zeekr 001 shuting-breyki, Zeekr X zamonaviy shahar yo‘ltanlamasi va mutlaqo yangi, 2023-yil dekabrda taqdim etilgan Zeekr 007 D-toifa sedanini taqdim etadi. Avtomobillar ruscha interfeysga ega bo‘lib, zavod kafolati bilan ta'minlanadi.
Rasmiy yetkazib berishlar “Zeekr Space” shou-rumi ochilishi bilan boshlanadi, lekin hozirdanoq O‘zbekiston iste'molchilarining xohishlarini o‘rganish uchun mamlakatga keltirilgan avtomobillarni xarid qilish mumkin.
Dmitriy Panasov, “Zeekr” ning rasmiy distribyutori – “Evolux Auto” bosh direktori qayd etadi: “O‘zbekistonda elektromobillarga, jumladan premial segment brendlariga nisbatan iste'molchilar qiziqishining jo‘shqin o‘sishini kuzatmoqdamiz. Biz uchun O‘zbekiston iste'molchilari “Zeekr” intellektual elektromobillari bilan har tomonlama muloqot tajribasiga ega bo‘lishlari, istalgan paytda rasmiy servis markaziga murojaat qila olishlari va brend standartiga muvofiq yuqori darajadagi xizmatga ega bo‘lishlari biz uchun muhim”.
Mars Chen, “Zeekr Intelligent Technology” vitse-prezidenti: “Ekologik va ilg‘or transport yechimlariga talabning o‘sishi xos bo‘lgan O‘zbekiston bozori “Zeekr” brendi uchun ulkan istiqbollar ochadi. Maqsadlarimiz hamkorlarimiz maqsadlariga muvofiq kelmoqda va biz birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz mijozlar uchun “Zeekr” premial elektromobillariga oid mislsiz tajribani ta'minlashimizga imkon berishiga aminmiz”.
Zeekr Intelligent Technology
“Zeekr” – “Geely Holding Group”ga tegishli, lyuks toifadagi elektromobillarning global brendi. “Zeekr” maqsadi – foydalanuvchilar uchun standart sifatida innovatsiyalarga ega to‘liq integratsiyalangan ekotizimni yaratish. Brend “Sustainable Experience Architecture (SEA)” arxitekturasidan foydalanadi va o‘z batareya texnologiyalarini, batareyalardan foydalanish tizimlari, elektr dvigatel texnologiyalari va elektromobillarni yetkazib berish zanjirini o‘z ichiga oladi.
Geely Holding Group
“Zeekr” brendi bosh qarorgohi Xitoyning Xanchjou shahrida joylashgan, jahonda yetakchi avtomobil guruhi sanaluvchi “Geely Holding Group” tarkibiga kiradi. Kompaniya asosiy e'tiborni transport yaratish uchun innovatsiyalarga va ekologik barqaror yechimlarga qaratadi. Hozirgi vaqtda “Geely Holding” quyidagi brendlarga egalik qiladi, investitsiya kiritadi va boshqaradi: Geely Auto, Lynk & Co, Zeekr, Geometry, Volvo Cars, Polestar, Lotus, London Electric Vehicle Company, Farizon Auto, RADAR AUTO i Cao Cao Mobility.
Ijtimoiy tarmoqardagi rasmiy sahfalar
Telegram https://t.me/zeekruzbekistan
Instagram www.instagram.com/zeekr.uzb
Facebook https://m.facebook.com/zeekr.uzb
Aloq uchun kontakt